Yagona portalda “Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish” xizmati ishga tushdi.

Endi my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tganlar “Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish” xizmatidan foydalanish barobarida uning javobini tekshirish imkoniyatiga ham egadirlar.

Buning uchun havola orqali “Xizmatdan foydalanish"ga o‘tish kifoya.

Xizmat to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, foydalanuvchidan hech qanday hujjat talab etilmaydi.