Davlat statistika qoʻmitasining xabariga koʻra, 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekistonga 19 ta xorijiy davlatlardan qiymati $230,5 mln ga teng boʻlgan 5 085 ta yuk avtomobillari import qilingan.

Yuk avtomobillari importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1 674 taga oshgan.

Oʻzbekiston yuk avtomobillarini eng koʻp import qilgan davlatlar quyidagicha:

  • Xitoy — 3954 ta;
  • Rossiya — 787 ta;
  • Belarus — 90 ta;
  • Litva — 74 ta;
  • Koreya — 40 ta.

10 oyda 3257 dona yuk avtomobillari ishlab chiqarilgan. Shuningdek, Oʻzbekistonda aholiga tegishli boʻlgan 168 810 ta yuk avtomobillari bor.

Avvalroq Spot import qilinadigan tovarlarga tarif kvotalari joriy etilishi haqida yozgan edi.