Telegram asoschisi Pavel Durov oʻzining kanalida post qoldirdi. Unda Telegramning rivojlanib borayotganligi, oldinda hali yanada yaxshi narsalar kutib turganligi, shuningdek, odamlar ayrim korporatsiyalarning “ochkoʻz"ligidan charchaganligi haqida soʻz boradi.

Spot ushbu postni oʻzbek tilida havola etadi:

Telegram 2021-yilda eng tez rivojlanayotgan mobil ilova boʻlib, Appannie tomonidan bu yilgi “Top Breakout Chart” reytingida yetakchilik qilmoqda.

Demak, Telegramdagi faol foydalanuvchilar soni dunyodagi boshqa mobil ilovalarga qaraganda tezroq oshgan.

2021 yil odamlar ochkoʻz korporatsiyalar tomonidan hurmatsizlikdan charchagan hamda Telegram maxfiyligi va izchilligini (xavfsizligini) tanlagan yil sifatida esda qoladi.

Va shunga qaramay, biz siz uchun juda koʻp narsalarni tayyorlaymiz. Telegramga erta qoʻshilganingiz va biz bilan ajoyib sayohatga chiqqaningiz uchun tashakkur.

Avvalroq Spot Pavel Durov Fransiya fuqaroligini olganligi haqida yozgan edi.