O‘zbekiston Transport vazirligida xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha o‘zbek-tojik qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda mamlakatlar o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Yig‘ilishda tomonlar, shuningdek, koronavirus pandemiyasi sabab bugungi kunda to‘xtab qolgan avtobus qatnovlarini qayta tiklash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashdi. “O‘zbekiston — Tojikiston — Xitoy” transport koridorini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Maʼlumot uchun, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi avtobus qatnovi 26 yillik tanaffusdan so‘ng 2018-yilning 15-may kunidan boshlab tiklandi. Ammo 2020-yil 16-martdan koronavirus pandemiyasi sababli avtomobil qatnovi cheklandi, 1-sentyabrdan boshlab esa cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlana boshlandi.
Oʻzbekiston — Tojikiston yoʻnalishidagi avtobus qatnovi qayta yoʻlga qoʻyilishi mumkin
O‘zbekiston — Tojikiston — Xitoy tansport koridori ham rivojlantiriladi.
Foto: Central Asia.org
«Spot»
- 581
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 17:00 Iqtisodiyot
Ayrim ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlanadi
Buning uchun erkaklar kamida 25 yil, ayollar esa 20 yil mehnat stajiga ega bo‘lishi hamda belgilangan yoshga yetgan bo‘lishi kerak.
Bugun, 16:06 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda Rossiyaga ishga ketuvchilar uchun “bir joyda barcha jarayonlar” tamoyili asosida markaz tashkil etish taklif qilindi
To‘rtta hudud migrantlar uchun rus tili imtihonlarini joyida o‘tkazishga tayyor.
Bugun, 14:30 Iqtisodiyot
O‘zbekneftgaz xalqaro bozorlarda obligatsiyalar chiqarish istiqbollarini muhokama qildi
Davlat kompaniyasi Spot‘ga hozircha yevrobondlar chiqarish rejalashtirilmaganini ma‘lum qildi.
Bugun, 13:40 Biznes
Tadbirkorlar soniga nisbatan eng ko‘p tekshiruv Namangan shahrida o‘tkazilgan — Biznes ombudsman
Viloyat bo‘yicha eng past ko‘rsatkich Yangi Namangan tumanida qayd etilib, 2 872 ta tadbirkorga 35 ta tekshiruv to‘g‘ri kelgan.
Bugun, 13:26 Energetika
Xususiy xizmatdan foydalanmagan iste‘molchini gazdan uzish noqonuniy — Energetika vazirligi
Gaz uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi xususiy tashkilot xizmatidan foydalanish ixtiyoriy bo‘lib, iste‘molchini bunga majburlash mumkin emas.
Bugun, 11:00 Biznes
UZINFOCOM stendida MyID kaft va yuz orqali to‘lovni ICT Week 2026 doirasida namoyish etdi
Ko‘rgazmaning to‘rt kuni davomida 1,2 mingdan ortiq ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tib, Bellissimo Pizza’dagi buyurtmalari uchun to‘lovni MyID PalmPay va MyID FacePay orqali karta, naqd pul va smartfonsiz amalga oshirdi.
Bugun, 10:01 Transport
Toshkentda avtobusda nazoratchiga qarshilik qilgan yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi
Yo‘lovchi yo‘lkira haqini to‘lamagan, nazoratchining talabini bajarmay janjal chiqargan va unga kuch ishlatishga uringan.
Bugun, 08:43 Iqtisodiyot
Bayram kuni qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Jami 14 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.