“UzAuto Motors” yangilangan Chevrolet Traverse va Tahoe modellariga sotuv boshlanganini eʼlon qildi.

Chevrolet Tahoe 2022

Uzunligi besh metrdan oshiq boʻlgan avtomobil 5,3 litrli dvigatel hamda 10 pogʻonali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Chevrolet Tahoe dvigateli 343 ot kuchiga ega boʻlib, 512 Nm maksimal aylanish momenti-8 soniyada 100 km/sgacha tezlanadi. Shuningdek, Chevrolet Tahoe “Magnetic Air Ride Control” pnevmatik osma tizim bilan jihozlangan, 10,2 dyumli sensorli axborot-koʻngilochar ekraniga ega. Shuningdek, unga 9 ta kalonkadan iborat premium “Bose” dinamiklari ulangan. Ekranda avtomobil holatini 360 gradusda koʻrish mumkin.


Chevrolet Tahoe 2022 yil modelining yangi opsiyalari quyidagilar:

  • Panoramali lyuk;
  • simsiz quvvatlash qurilmasi;
  • piyodalarni aniqlash tizimi;
  • havo aylantirish xususiyatiga ega boʻlgan charm oʻrindiqlar;
  • masofadan garaj eshigini boshqarish funksiyasi;
  • 3 zonali iqlim nazorati (klimat-kontrol) tizimi;
  • toʻliq old va orqa diod faralar;
  • oʻchirish funksiyasiga ega start/stop tizimi;
  • old oʻrindiqlar ventilyatsiyasi.
  • 360ͦ kamera;
  • harakatlanish qatorini saqlash va boshqalar.


Boshlangʻich komplektatsiya: 519 728 198 soʻmdan.

RST AT MY22 komplektatsiya: 823 913 043 soʻm.

*Narxlar QQSsiz koʻrsatilgan.

Chevrolet Traverse 2022

Traverse 3.6 litrli V6 dvigateli 318 ot kuchiga ega boʻlib, 7.6 soniyada 100km/s gacha tezlanadi. Rangli 8 dyumli sensor ekran 10 ta kalonkadan iborat premium “Bose” dinamikli multimedia tizimiga ega.


Chevrolet Traverse 2022 yil modelining yangi opsiyalari quyidagilar:

  • Oldidagi transport vositasiga moslashuvchan kruiz-kontrol
  • avtomatik tormoz tizimi;
  • toʻliq old va orqa diod faralar;
  • oʻchirish funksiyasiga ega start/stop tizimi;
  • xavfdan ogohlantiruvchi oʻrindiq;
  • oldidagi avtomobilga nisbatan distansiya monitoring sistemasi;
  • harakatlanish qatorini saqlash;
  • simsiz quvvatlash qurilmasi va boshqalar.


Boshlangʻich komplektatsiya: 408 009 595 soʻmdan.

Premier AT MY22 komplektatsiya: 563 130 435 soʻm.

*Narxlar QQSsiz koʻrsatilgan.

Kompaniya sotib olish istagida boʻlgan xaridorlar rasmiy dilerlarida ariza qoldirishlari yoki rasmiy info@uzautomotors.com orqali onlayn ariza topshirish mumkinligini ta’kidlagan.