Yahoo maʼlumotlariga koʻra, Ilon Maskning shaxsiy boyligi 1 trln ga yetgan dunyoda birinchi boʻlish uchun barcha imkoniyat bor.

Tahlilchilar dunyodagi eng boy odamlarga tegishli aktivlar miqdoridagi yillik oʻzgarishlarni solishtirdi. Ushbu maʼlumotlarga asoslanib, ular oʻrtacha yillik oʻsishni hisoblab chiqdilar.

“2017-yildan beri Maskning boyligi har yili 129% ga oʻsdi. Bu degani, u ikki yildan soʻng “trillionerlar klubi"ga kirishi mumkin — 2024-yil, 52 yoshida u $1,38 trln ga egalik qiladi, — deyiladi xabarda.

Tesla aksiyalari tadbirkor boyligining faqat bir qismi, deya qayd etadi Tipalti Approve. SpaceX sunʼiy yoʻldoshlar va astronavtlarni koinotga yetkazish boʻyicha buyurtmalar ham katta daromad keltiradi.

Avvalroq, Morgan Stanleyda ham xuddi shunday qayd etilgan edi.

2021-yil sentyabridan boshlab Ilon Mask eng boy odamlar reytingida birinchi oʻrinni egallab turibdi. Hozirda Tesla va SpaceX asoschisining boyligi $200 mlrd ga baholanmoqda. Ammo yanvar oʻrtalarida u $263 mlrd ni tashkil etgan boʻlsa, eng yuqori choʻqqisida u $300 mlrd dan oshdi.

Kelgusi yillarda yana bir necha kishi trillionerga aylanishi mumkin. TikTokʼka egalik qiluvchi Bytedance kompaniyasi asoschisi Chjan Yiming 2026-yilda eng yosh trillionerga aylanadi (oʻsha paytda u 42 yoshda boʻladi).

Potentsial trillionerlar roʻyxatida, shuningdek, Microsoft asoschisi Bill Geyts, Hindistonning Adani Group konglomerati rahbari Gautam Adani va Amazonning sobiq rahbari Jeff Bezos ham bor.

Biroq ularning holati va roʻyxat har doim oʻzgarishi mumkin. Masalan, 2017-yilda Bezos Geytsdan keyin $100 mlrd chegaradan oʻtgan birinchi milliarderga aylandi.

“Bir necha yil oldin, barcha prognozlarga koʻra, birinchi trillioner boʻlish imkoniga ega boʻlgan Mask emas, balki Bezos edi. Endi u bu doiraga 2030 yilgacha — Maskdan 6 yil oʻtib kirishi dargumon”, — deyiladi hisobotda.