Markaziy Osiyodagi ilk BYD Uzbekistan Factory zavodi hamda BYD’ning O‘zbekistondagi rasmiy dilerlik tarmog‘i — BYD Astana Motors kompaniyasi BYD Central Asia brendi distribyutori ko‘magida mijozlar uchun Jizzax shahridagi BYD zavodiga noyob ekskursiya uyushtirdi. Tadbirda 50 dan ortiq mijoz, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar mehmon bo‘ldi.

byd uzbekistan factory, reklama

Qo‘shma tashabbus tadbir ishtirokchilariga odatda ko‘zdan yiroq bo‘lgan jarayonlarni — BYD avtomobilining alohida yig‘ish bosqichlaridan tortib, tayyor holga kelguniga qadar bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarishni ko‘rish imkonini berdi.

byd uzbekistan factory, reklama

Mehmonlarga zavod ichkaridan namoyish etildi, zamonaviy texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonlari bilan tanishtirildi. Ularga BYD avtomobillarini yaratishning asosiy bosqichlari haqida so‘zlab berilib, avtomatlashtirilgan liniyalar ko‘rsatildi. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning BYD brendining qat’iy global standartlariga to‘liq mos kelishini tasdiqlaydigan ko‘p bosqichli sifat nazorati tizimi va sinov treklari namoyish qilindi.

Tashrif buyuruvchilar zavodning yetakchi muhandis va texnologlaridan avtomobillarni mahalliylashtirish hamda mintaqaning iqlim sharoitlariga moslashtirish jarayonlari to‘g‘risida batafsil javoblar oldilar. Eng muhimi, ular butun jarayonni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish va O‘zbekistondagi zamonaviy avtomobil ishlab chiqarish ko‘lamini his etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Tashrifning sermazmun dasturi doirasida ishtirokchilar zavod qoshida faoliyat yuritayotgan Markaziy Osiyodagi birinchi innovatsion Muhandislar maktabida ham bo‘ldi. Mehmonlarga nazariy amaliyot bilan uzviy bog‘langan noyob ta’lim ekotizimi namoyish etildi. Ekskursiya ishtirokchilari robotlashtirilgan stendlar, shuningdek, zavoddagi haqiqiy uskunalarga to‘liq mos keluvchi elektronika va dasturlash o‘quv laboratoriyalarini ko‘zdan kechirdi.

byd uzbekistan factory, reklama

Tashrif buyuruvchilar hududda “yashil” transportning eng murakkab texnologiyalari bilan ishlay oladigan yuqori malakali texnik mutaxassislarning yangi avlodi qanday shakllanayotganiga shaxsan guvoh bo‘ldi. BYD Uzbekistan Factory va BYD Astana Motors tomonidan tashkil etilgan ilk ekskursiya kelgusida muntazam o‘tkaziladigan tanishuv sayohatlariga asos soldi.

BYD Uzbekistan Factory zavodiga navbatdagi sayohat 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Dilerlik tarmog‘i mijozlari bu yerda (havola) oldindan ro‘yxatdan o‘tib, bo‘lajak sayohatlarda ishtirok etishi va texnologik avtomobillarning yaratilish jarayonini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishi mumkin. Ushbu loyiha brendning ochiqligini, ta’lim salohiyatini hamda mintaqadagi avtomobil sanoati haqidagi tasavvurlarni o‘zgartiruvchi ilg‘or texnologiyalarni namoyish etib, O‘zbekistonda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tamomila yangi bosqichga olib chiqadi.

byd uzbekistan factory, reklama

BYD Astana Motors rasmiy tarmog‘i O‘zbekistonda 9 ta dilerlik markazidan iborat. Ulardan oltitasi Toshkent shahrida, qolganlari esa Buxoro, Farg‘ona va Qarshi shaharlarida joylashgan. Ushbu markazlarda rasmiy model qatoridagi elektr va gibrid avtomobillar taqdim etilgan bo‘lib, ularga ishlab chiqaruvchi tomonidan 6 yil yoki 150 ming km, Blade Battery batareyasiga esa 8 yillik kafolat beriladi. Maslahat olish, servis xizmatiga yoki test-drayvga yozilish uchun 1322 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

Sayt: byd-astanamotors.uz
Facebook: fb.com/bydastanamotors
Instagram: @byd_astanamotors.uz
Telegram: t.me/byd_astanamotorsuz

Reklama huquqlari asosida.