“Veterinariya va chorvachilik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Prezident qarori (PQ-187-son, 31.03.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti negizida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tashkil etildi.

Universitetda veterinariya, chorvachilik, biotexnologiya, agrotexnologiya, agroiqtisodiyot tarmoqlari uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.

️️Universitet Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tizimida faoliyat yuritadi.

Ta’limning amaliyot bilan uygʻunligini ta’minlash uchun Universitetda Veterinariya klinikasi va kasalliklar diagnostikasi texnoparki tashkil etildi.

Universitetga sohada 5 yillik stajga ega xodimlar tavsiyanoma asosida oʻqishga tavsiya etilganda, toʻlov-kontrakt miqdori kunduzgi ta’lim yoʻnalishidagi toʻlov-kontrakt (stipendiyasiz) miqdoriga tenglashtiriladi.

️Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida 2022/2023-oʻquv yilidan “Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yoʻnalishida kadrlar tayyorlanadi.

Qamashi xizmat koʻrsatish texnikumi negizida Qamashi veterinariya meditsinasi texnikumi tashkil etildi.

2022/2023-oʻquv yilidan veterinariya va biotexnologiya yoʻnalishlari uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasidan har yili alohida kvota ajratiladi.