“Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” Hukumat qarori (200-son, 20.04.2022-y.)qabul qilindi.

Qarorga koʻra, quyidagilar boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi:

  • ️bino va inshootlarning tashqi koʻrinishini oʻzgartirishni kelishish;
  • ️bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish;
  • ️arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish;
  • ️loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
  • ️qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ob’yektni roʻyxatdan oʻtkazish;
  • ️qurilish-montaj ishlari tugallangan ob’yektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish;
  • ️koʻchmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma berish.

Shunga muvofiq, jumladan, bino va turar joylarning buzilishga tushganlik holati haqida ma’lumotnoma olish uchun DXM yoki YAIDXPga murojaat qilinadi.

Ma’lumotnoma olish uchun arizalar YAIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

Ma’lumotnoma 3 ish kunida rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchining elektron maziliga yuborilib, unga bu haqida xabar beriladi.