“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida"gi Qonun (OʻRQ-765-son, 20.04.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga koʻra, mikromoliya tashkiloti, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti nobank kredit tashkilolari hisoblanadi.
Mikromoliya tashkilotlari tadbirkorlarga kreditlar (300 mln soʻmgacha), lizing, kafolatlar berishi, faktoring xizmatlari va islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatishi mumkin.
Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar — islomiy moliyalashtirishni amalga oshirish standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlarning qoidalariga muvofiq Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan moliyaviy xizmatlar.
️ Lombardlar garov evaziga qisqa muddatli (1-yilgacha) mikroqarzlar (50 mln soʻmgacha) beradi.
Nobank kredit tashkilotlari ishlab chiqarish, sugʻurta, savdo faoliyatini amalga oshirishga va omonatlarni (depozitlarni) jalb etishga haqli emas.
Mikromoliya tashkilotining yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining faoliyati tegishli reyestrlarga kiritish vositasida hisob roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
️ Lombard faoliyati lombard faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisidagi xabarnoma qabul qilinganligi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi.
️Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Nobank tashkilotlar islomiy moliyalashtirish xizmatlarini koʻrsatishi mumkin
Mikromoliya tashkilotlari tadbirkorlarga kreditlar (300 mln soʻmgacha), lizing, kafolatlar berishi, faktoring xizmatlari va islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatishi mumkin.
Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
«Spot»
- 1 125
- Izoh: 1
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 18:47 Iqtisodiyot
“Toshkentda ishsiz yoki kambag‘al odamlar borligini aytishga uyalaman” — Uchtepa tumani hokimi
Bunyod Mamadjаnovning ta’kidlashicha, ishsizlik uchun hokimiyatning o‘zi aybdor, chunki fuqarolarga kam maoshli ishlar taklif qilinmoqda.
Kecha, 18:43 Biznes
“Birorta g‘o‘daygan boyvachcha paydo bo‘lsa — kechirmayman. Davlat bo‘lishi kerak” — Mirziyoyev
Prezidentning ta‘kidlashicha, jinoyatchilikka jilov solinmas ekan, tadbirkorlik rivojlanmaydi, investorlar ham kelmaydi.
Kecha, 18:30 Iqtisodiyot
Sanatsiya jarayonidagi banklar professional baholashdan o‘tkaziladi
Baholovchi aksiyadorlar va kreditorlar ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararni aniqlashi, shuningdek, uni bank tugatilgan taqdirdagi yo‘qotishlar bilan solishtirishi lozim.
Kecha, 17:36 Moliya
Dollar kursi yana pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 55 tiyinga pasayib, 11 765,21 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 17:01 Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Janubiy Koreya qariyb $12 mlrdlik yangi loyihalarni tayyorladi
Shuningdek, Koreya Eksimbanki bilan $8 mlrdlik Strategik hamkorlik dasturi qabul qilindi.
Kecha, 16:47 Biznes
O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlari uchun Polsha, Hindiston va Turkiyada omborxonalar ochadi
Misni qayta ishlash hajmini kamida 2−3 barobarga oshirish va qo‘shilgan qiymati yuqori mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Kecha, 16:43 IT
ChatGPT’da foydalanuvchilarning ma’lumotlariga kirish imkonini beruvchi yashirin kanal topildi
Tadqiqotchilar aniqlagan zaiflik orqali boshqa foydalanuvchilarning Gmail, Google Drive va boshqa ma’lumotlariga kirish mumkin bo‘lgan.
Kecha, 15:54 Iqtisodiyot
O‘zbekistonlik quruvchilar Germaniyaga ishga taklif etilmoqda. Maosh — 2,5 ming yevro
Nomzodlar bepul nemis tili kurslarida o‘qitilib, til imtihoni, viza va aviachipta xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.