2022-yil 15-maydan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ Buxoro — Istanbul — Buxoro yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftada ikki marta payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

HY-285 va HY-286 raqamli aviaqatnovlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

  • Buxorodan joʻnab ketish: 09:45 (Toshkent vaqti)
  • Istanbulga yetib borish: 12:25 (Istanbul vaqti)
  • Istanbuldan joʻnab ketish: 13:55 (Istanbul vaqti)
  • Buxoroga yetib borish: 20:05 (Toshkent vaqti)

Bir tomonlama parvozlar narxi 2 616 090 so’mdan boshlanadi.