Rossiyaning yetakchi riteyllaridan biri OAJ “Magnit” O‘zbekistonda o‘zining MSosmetic — go‘zallik va salomatlik mahsulotlariga ega bo‘lgan “drogeri” formatdagi do‘koni ochdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Spot’ga xabar berdi.

Savdo nuqtasi Rossiyadan tashqarida birinchi chakana savdo do‘koniga aylandi. MCosmeticda Rossiya va jahon brendlari bilan bir qatorda taniqli o‘zbek brendlari ham taqdim etiladi.

Mijozlar uchun yaqin masofada joylashgan Toshkent shahridagi do‘kon “Obihayot” ko‘chasi, 1 uy (Yangi Sergeli burchagi) manzilida joylashgan. Chakana savdo tarmog‘i yaqin kelajakda yana bir qancha savdo shoxobchalarini, jumladan, Chirchiq shahrida ham ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

MCosmetic — bu kundalik iste’mol mahsulotlari, shu jumladan dekorativ va parvarishlash kosmetikasi, parfyumeriya, xo‘jalik kimyoviy moddalari, gigiyena vositalari, bolalar, uy-ro‘zg‘or va hayvonlar uchun mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlardir. O‘zbekistonda chakana savdo do‘konlarini ishga tushurish g‘oyasi 7 mingdan ortiq do‘konlarga ega bo‘lgan Rossiya Federatsiyasidagi eng yirik droger tarmog‘i “Magnit Kosmetik” formatining eng muvaffaqiyatli amaliyotlariga asoslangan.