Hukumat qarori (239-son, 06.05.2022 y.) bilan Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish uchun Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, talabalar turar joylarini qurish loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy sherikka beriladigan subsidiya TTJni qurish loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha bir o‘ringa to‘g‘ri keladigan qiymatning 50 foizi, biroq BHMning 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda ajratiladi.
️ Bunda loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar o‘rtasida tender o‘tkaziladi.
Nizomga ko‘ra, DXSH to‘g‘risidagi bitim DXSH loyihalarining reyestriga kiritilganidan so‘ng xususiy sherik davlat sherigiga subsidiya ajratish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi.
️ Davlat sherigi arizani 3 ish kuni ichida (qo‘shimcha o‘rganish uchun — 10 ish kuni ichida) o‘rganib chiqib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuboradi.
Vazirlik taqdim etilgan arizani 5 ish kunida o‘rganib chiqib, subsidiya berish uchun davlat sherigi bilan subsidiya ajratish yuzasidan shartnoma imzolaydi.
Xususiy sherikka TTJ qurish uchun 2 ish kuni ichida davlat sherigi tomonidan birinchi bosqichda TTJ umumiy qiymatining 15 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.
Keyingi bosqichlarda bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangan kundan 3 ish kuni ichida bajarilgan ishning 50 foizi miqdorida, birinchi bosqichda ajratilgan mablag‘larni inobatga olgan holda subsidiya ajratiladi.
️Ma'lumot uchun: 2022−2025 yillarda respublika bo‘yicha jami 228 ta (joriy yilda 47 ta) talabalar turar joylari (400 o‘rinli) barpo etish nazarda tutilgan.
Davlat-xususiy sheriklik asosida yotoqxona qurish uchun subsidiya beriladi
Nizomga ko‘ra, subsidiya TTJni qurish loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha bir o‘ringa to‘g‘ri keladigan qiymatning 50 foizi, biroq BHMning 100 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda ajratiladi.
Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot
«Spot»
- 680
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 21:00 Biznes
O‘z jamoasini shakllantirmasdan 24/7 kiberxavfsizlik: biznes uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
ONESEC IT-infratuzilmani uzluksiz monitoring qilish, axborot xavfsizligi bo‘yicha mas’uliyatni taqsimlash va biznes ehtiyojlariga mos SOC modelini tanlash imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Bugun, 20:20 Biznes
“Biz faqat davlatga bog‘liq emasmiz”: O‘zbekneftgaz 2027-yildan davlat kafolati ostidagi kreditlardan voz kechadi
Kompaniya banklarning ishonchi ortishi va bozor narxlariga bosqichma-bosqich o‘tish evaziga o‘z kredit reytingini saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Bugun, 20:03 Iqtisodiyot
2027-yildan suvdan qarzdor iste’molchilarning elektr uchun to‘lov qilish imkoniyati cheklanadi
Qarzni undirish notarial yoki sud tartibida hal qilinadi. Bu tartib “Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan oilalarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Bugun, 18:22 Iqtisodiyot
Mirziyoyev TDTni tijorat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risida bitim tuzishga chaqirdi
Turkiy dunyo — 100 strategik investitsiya loyihalari dasturini ishlab chiqish taklif etilmoqda.
Bugun, 18:21 Biznes
Buxoro NQIZ AI-92 va AI-95 benzini ishlab chiqarishni oshirish uchun modernizatsiya qilinadi
O‘zbekneftgaz loyiha texnik-iqtisodiy asosini (TIA) tayyorladi. Hujjat prezident tomonidan ma’qullanib, Kompleks ekspertiza markazining xulosasini oldi.
Bugun, 18:00 Ta'lim
Uklon Uzbekistan bosh menejeri Eduard Kovtun tavsiya qilgan 5 ta kitob
Eduard Kovtun Spot’ga jamoa shakllantirish va qarorlar qabul qilish jarayonini chuqurroq anglashiga yordam bergan kitoblar haqida so‘zlab berdi. Ular orasida Kobi Brayantning xotiralaridan tortib loyihalar menejmenti haqidagi romanlari ham bor.
Bugun, 17:44 Moliya
Dollar kursi pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 42,76 so‘mga pasayib, 12 023,46 so‘mni tashkil etdi.
Bugun, 17:29 Kriptoaktivlar
Binance xakerlik hujumidan ko‘rilgan zararni mijozlarga o‘z mablag‘lari hisobidan qoplaydi
Kriptobirja o‘z aktivlaridan $6,34 mlrdni zaxiraga ajratdi va xakerlar o‘g‘irlagan tokenlarga aynan mos aktivlarni sotib olmoqda.