Telegram asoschisi Pavel Durov oʻzining kanalida post qoldirdi. U dunyo global oziq-ovqat inqirozi yoqasida turganligi, yuz millionlab odamlar ochlikdan qiynalayotganini taʼkidlagan.

“Oʻtgan oy BAA 50 ta mamlakatdagi eng ehtiyojmand odamlarni ovqat bilan taʼminlashga qaratilgan 1 milliard taom tashabbusini boshladi”, deyiladi xabarda.

Pavelning yozishicha, ushbu tashabbusda yuzlab kishilar ishtirok etmoqda. Mazkur kampaniya asoschisi Shayx Muhammad 400 million, Durov esa kamtarona 12 million ovqatga yetgulik mablagʻni xayriya qilgan.

Shuningdek, u kelgusi yillarda yana koʻplab odamlar ushbu tashabbusga qoʻshilishiga umid bildirgan.