Prezidentning “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni qabul qilindi.

Mazkur hujjatga muvofiq, 2022-yil 1-iyundan boshlab davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarining oylik lavozim maoshlari:

  • oliy va birinchi malaka toifalariga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 15% ga;
  • ikkinchi malaka toifasi va toifaga ega boʻlmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — 10% ga;
  • tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun — 15% ga oshiriladi.

Taʼkidlanishicha, bunda tibbiyot muassasasi xodimlarining tarif stavkalarini hisoblash amaldagi mehnatga haq toʻlash razryadlari boʻyicha tarif koeffitsiyentlarini tegishincha 1,15 va 1,1 barobarga koʻpaytirish orqali amalga oshiriladi.