2022-yil 25-iyundan Uzbekistan Airways Express Toshkent — Krasnoyarsk — Toshkent xalqaro yoʻnalishi boʻyicha ilk qatnovini amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muntazam aviaqatnovlar haftada bir marta — shanba kunlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, xabarda aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytidan 3% chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkinligi eslatilgan.

Avvalroq Spot O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangani haqida yozgan edi.