Davlat statistika qoʻmitasi ma’lumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 320,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 13,6 mingta yengil avtomobil import qilgan. Avtomobillar 22 ta davlatdan olib kelingan.

5 oyda Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

  • Xitoy — 6426 ta
  • Koreya — 3491 ta
  • Qozogʻiston — 2368 ta
  • Rossiya — 927 ta
  • AQSH — 122 ta
  • BAA — 71 ta
  • Yaponiya — 50 ta
  • Germaniya — 37 ta

Yengil avtomobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,9 mingtaga yoki qariyb 2 baravarga oshgan.