Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvi oʻtkazdi.

“Insonning mehnatga va munosib hayot sharoitlariga, ishsizlikdan himoyalanishga boʻlgan huquqlarining ishonchli himoyasini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish — konstitutsiyaviy islohotlarning muhim maqsadidir.

Mazkur ishlar muntazam, tizimli amalga oshirilishi, ortga qaytmaydigan jarayonga aylanishi uchun mustahkam konstitutsiyaviy kafolat lozim.

Bundan tashqari, Asosiy qonunimizda har bir shaxsning qulay mehnat sharoitida ishlash, mehnati uchun munosib haq olish huquqini mustahkamlash, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori insonning oʻzi va oilasi hayot kechirishi uchun yetarli miqdorda boʻlishini belgilashni taklif etaman.

Bosh qomusimizda homiladorligi yoki yosh bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan boʻshatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanishi qatʼiy belgilab qoʻyilishi shart.

Inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha amaldagi tizimning samarasini oshirish maqsadida Konstitutsiyamizda bolalar mehnatiga yoʻl qoʻymaslik ham oʻz aksini topishi zarur", deydi davlat rahbari.