“Oʻzsanoatqurilishbank” yangi bosh ofis binosini qurish yuzasidan shartnoma imzoladi. Bu haqda bank saytida xabar berildi.
Hujjatda qayd etilishicha, mazkur bitimning qiymati 1,65 trln soʻmga baholandi. Bu “Oʻzsanoatqurilishbank"ning birinchi chorak yakuni boʻyicha sof aktivlarining 22,2% ini tashkil etadi.
Tashkent Cityʼda joylashadigan bino qurilishi Xitoyning “Shanghai Construction Group” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilib, 33 qavatdan iborat boʻladi.
Loyiha “Credit Suisse”, “Citibank”, “China Eximbank” va “Райффайзенбанка"dan iborat xorijiy banklar konsorsiumi tomonidan moliyalashtiriladi.
Ilgari Spot “Savdogarbank” 28 yillik faoliyatidan soʻng oʻz nomini oʻzgartirishga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edi.