1-iyuldan boshlab “tonirovka” narxlari oʻzgardi.

Qarorga koʻra avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish toʻlovlari bekor qilindi, ya’ni bepul boʻldi.

Old va orqa yon oynalarni toʻliq qoraytirish toʻlovlari esa 10 mln.dan 2,4 mln soʻmgacha arzonlashtirildi.

Talabning ortidan taklifning ham narxi yuqoriladi. “Spot” Toshkent bo‘ylab oyna qoraytirish uchun ishlatiladigan plyonkalar va ularni yopishtirib berish xizmatlarining narxini o‘rgandi.

Avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirib berish (plyonka va xizmat narxi qo‘shilganda) narxi 200 ming so‘mdan, orqa va old yon oynalar “tonirovka"si 400 ming so‘mdan boshlanadi.

Umuman olganda, avtomobilning barcha oynalarini qoraytish o‘rtacha 1,3 mln so‘mga aylanmoqda.

Plyonkaning sifatiga qarab, narxlar ko‘tarilib boraveradi. Masalan, hozirda asosan “tonirovka” uchun 3 xil — “Armolan”, “Sun Block” va “Muratec” plyonkalaridan foydalanilmoqda.

Sifatli plyonkalar quyoshdan saqlaydi va avtomobil ichidan tashqarini yaxshiroq ko‘rish imkonini beradi, sifatsizlari esa “qoraytirish” xususiyatiga ega bo‘lgani bilan quyosh nuridan asramaydi.

“Extreme Audio” mutaxassisi Alisher Karimovning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda “tonirovka” ga asosan “Cobalt” va “Gentra” kabi avtomobillardan, plyonkadan esa “Armolan” mahsulotiga talab ko‘p bo‘lmoqda.

Ilgari “Spot” O‘zbekistonda uchta “Chery” modeli yig‘ilishi haqida xabar bergandi.

Birinchi model Tiggo 8 Pro Max bo‘lib, u yuqori texnologik imkoniyatlarga ega bo‘lgan to‘liq uzatmali 7 o‘rindiqga ega krossover. Keyingi model Tiggo 7 Pro bo‘lib, maksimal quvvati 165 ot kuchiga ega 1,5 TCI turbo dvigatel bilan jihozlangan.

Uchinchisi esa Arrizo 6 Pro bo‘lib, u o‘rta darajadagi sedan hisoblanadi. Unda 147 ot kuchiga ega 1,5 litrli benzinli turbo dvigatel joylashgan, hamda avtomobilda 9 pogʻonali uzatmalar qutisi mavjud.