Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” MChJ ustav kapitalidagi 100% ulushini xususiylashtirish jarayoniga tayyorlashni boshladi.

Hozirda agentlik ushbu jarayon bo‘yicha professional konsalting kompaniyasi tanlab olish yuzasidan tanlov eʼlon qildi.

Konsultantlar neft sanoati sohasida tegishli bilim va tajribaga ega bo‘lishi kerak.

Talabgorlar tijorat takliflarini so‘rovnomaga asosan 27-avgust soat 18:00 gacha havola orqali taqdim etishlari kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Kompaniya haqida

“Chinoz neftni qayta ishlash zavodi"ning asosiy vazifasi neftni qayta ishlab benzin, kerosin, mazut, dizel yoqilg‘isi va moylarga aylantirishni tashkil etishdan iborat.

Ushbu sanoat korxonasi yiliga 117,0 ming tonnadan ziyod uglevodorod xomashyosini qayta ishlash imkonini beruvchi zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan.


“Spot” avval “Dori-Darmon” kompaniyasini xususiylashtirish jarayoni boshlangani haqida yozgandi.