Iordaniyaning O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovlari bekor qilindi, xabar beradi “Dunyo”.

Bunga O‘zbekiston elchixonasi tomonidan olib borilgan muzokaralar natijasida erishilgani ta’kidlanmoqda.

O‘zbekiston ekportyorlaridan Iordaniya bozorida gilos, limon, olma, piyoz va sarimsoq piyoz kabi mahsulotlarni sotish uchun zararkunandalardan tozalash talab etiladi.

O‘zbek giloslarini Iordaniya hududiga eksport qilish uchun fitosanitariya guvohnomasiga qo‘shimcha tasdiqlovchi band kiritilib, unga binoan jo‘natma ayrim zararkunandalardan holi ekanligini ko‘rsatish lozim.

Shuningdek, -0,5 — +05°C haroratda 20 kun davomiy ravishda muzlatish yetarli hisoblanadi.


Avvalroq joriy yilda qiymati $26,6 mln.ga teng bo‘lgan qovun va tarvuz eksport qilingani haqida xabar berilgandi.