Vazirlar Mahkamasining qarori bilan turistik yig‘imlarni undirishning yangi tartibi tasdiqlandi. Tegishli hujjat Lex.uz bazasida mavjud.

Turistlar solig‘i mehmonxonalardan turistlarni joylashtirish uchun olinadi.

Bularga mehmonxonalar, yotoqxonalar, mehmon uylari, oromgohlar, kempinglar, dam olish maskanlari, oromgohlar, sanatoriylar, pansionatlar, shuningdek tunash uchun jihozlangan avtotransport vositalari kiradi.

O‘zbekiston fuqarolari uchun, (16 yoshgacha bo‘lgan bolalar bundan mustasno), to‘lov miqdori o‘zgarishsiz qoldi — BHMning 0,4%i (1200 so‘m).

Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarolari tibbiyot muassasalari, pansionatlar va sanatoriylarda joylashish uchun yig‘im to‘lashdan ozod etildi.

Biroq xorijlik fuqarolardan o‘rnatilgan tartibda turistik yig‘im undiriladi.

Joylashtirish vositalari
Yig‘im miqdori
BHMning foizida
Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari: mehmonxonalar, spa-mehmonxonalar, motellar, turistik bazalar, kempinglar, palatkali lagelar o‘tovli lagerlar, dam olish zonalari va boshqalar
15% (45 000 so‘m)
10% (30 000 so‘m)
5% (15 000 so‘m)
Dam olish va dam olishni tashkil qilish uchun ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari: dam olish uylari (markazlar, zonalar), sport bazalari va boshqalar
10% (30 000 so‘m)
Yakka tartibdagi joylashtirish vositalari, jumladan (xonalar fondi 5 tagacha bo‘lgan): dala hovli, shaxsiy uy, kvartira, ekoferma, tog‘dagi uy, apartamentlar, hostellar va boshqalar
5% (15 000 so‘m)
Sanatoriy-kurort joylashtirish vositalari: sanatoriylar, pansionatlar
Palatkali lagerlar va tunash uchun joylashtirish vositalariga qayta jihozlangan yer usti transporti (mustaqil, turoperatorlar orqali, turistik axborot byurosi va joylashtirish vositalari
Mustaqil sayohat qiladigan, palatkali lagerlar va tunash uchun qayta jihozlangan yer usti transportida yashaydigan xorijiy fuqarolar
Davolash muassasalari
2% (6000 so‘m)
Oilaviy mehmon uylari (o‘rinlar soni 10 tagacha bo‘lgan, ularga qo‘yiladigan talablarga muvofiq tashkil etilgan), o‘tov
Notijorat maqsadlardagi shaxsiy uylar (kvartiralar)

Avvalroq “Spot” O‘zbekiston fuqarolari ichki sayohat xarajatlarining bir qismini qaytarib olishi mumkinligi haqida yozgandi.