Joriy yilning fevral oyida prezident Toshkentdan Moʻynoqqa aviaparvozlarni tashkil etishni taklif qilgandi.
12-sentabrdan boshlab “Uzbekistan Airways” Nukus-Moʻynoq-Nukus yo‘nalishidagi qatnovlarni yoʻlga qoʻyadi.
- Aviaqatnovlar haftaning dushanba kuni quyidagi jadval asosida bajariladi:
Nukus — Moʻynoq 09:45 / 10:45
Moʻynoq — Nukus 11:25 / 12:25
Shuningdek, faqat 9-sentabr kuni HY-012 Nukus-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnov Moʻynoq aeroportiga qo’nadi va yo’lovchilarni bortga qabul qiladi.
- Parvozni amalga oshirish jadvali quyidagicha:
Nukus — Moʻynoq 09:45 / 10:45
Moʻynoq — Toshkent 11:25 / 12:25
Aviachiptalarni kompaniya saytidan, “Uzbekistan Airways Sales” filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Avvalroq, O‘zbekistonda mahalliy yo‘nalishlarga parvozlar narxi bir oyda 2%dan oshgani ma’lum qilingandi.