Endi avtotransport boshqarish uchun elektron ishonchnomani Yagona portal orqali rasmiylashtirish mumkin.

“Buning uchun notarial idora izlab yurish, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda turish shart emas. Barcha jarayonlar onlayn amalga oshiriladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, agar haydovchi hujjatni unutib qoldirsa bu bo‘yicha muammo yuzaga kelmaydi.

Chunki elektron ishonchnomalar YPX xodimlari tomonidan onlayn tekshiriladi.

Elektron ishonchnoma uchun alohida to‘lov tartibi BHMning 3 baravari miqdorida ya’ni 900 ming so‘m etib belgilangan.

Bunda davlat boji quyidagicha undiriladi:

  • 1 oygacha bo‘lgan muddatga — 10% (90 ming so‘m);
  • 6 oygacha bo‘lgan muddatga — 50% (450 ming so‘m);
  • 3 yilgacha bo‘lgan muddatga — 100% (900 ming so‘m).

Elektron ishonchnomani rasmiylashtirish xizmatidan havola orqali foydalanish mumkin.