Toshkent shahar hokimligi qarori bilan “Veolia Energy Tashkent” tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari bo‘yicha tariflar tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, kompaniya tomonidan tartibga solinadigan narxlar bazaviy tarif bo‘yicha 397 212 so‘m/Gkal miqdorida belgilandi.

Issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun chakana tariflar quyidagilar uchun avvalgi holda qoladi:

  • aholi uchun — 91 960 so‘m/Gkal;
  • kichik, o‘rta va yirik biznes uchun — 141 737 so‘m/Gkal.

Shuningdek, budjet tashkilotlari uchun chakana tarif 502 067 so‘m/Gkalni tashkil etadi.

Ushbu tarif e’lon qilingan kundan boshlab 15 kun o‘tib, ya’ni 2022-yil 21-oktabridan kuchga kiradi.

Shuningdek, bazaviy va chakana tariflar o‘rtasidagi farq Toshkent shahrining mahalliy budjeti hisobidan subsidiyalanadi.

Iste’molchilardan issiq suv va issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun kelib tushgan mablag‘lari hamda “Veolia Energy Tashkent"ning o‘z hisobidan quyidagilar amalga oshiriladi:

  • issiqlik ta’minoti tizimlarining rejali modernizatsiyasi va qayta tiklanishini ta’minlash;
  • Sergeli va Bektemir tumanlarida kompaniyaning pilot loyihalarini amalga oshirish;
  • issiqlik energiyasini ishlab chiqishga energiya resurslarini sezilarli ravishda qiskrqtiradigan, issiqlik ta’minotining yopiq tizimga bosqichma-bosqich o‘tkazish.