Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda muvofiqlikni baholash organlari qo‘llab-quvvatlanadi.
Hujjat bilan, muvofiqlikni baholash organiga xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab beriladi.
Bunda xarajatlar amalga oshiriladigan ishlarning har bir birligi uchun $200 dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda milliy valyutada qoplab berilishi belgilangan.
Shuningdek, akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari, sinov va kalibrlash laboratoriyalari (markazlari), mahsulotlar, xizmatlar, menejment tizimlari hamda xodimlarni sertifikatlash organlarining xarajatlari qoplab beriladi.
Agar xarajatlari qoplab berilgan muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya guvohnomasi davriy baholashlarda bekor qilinsa, kelgusida xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar qoplab berilmaydi.
Joriy yil 1-apreldan muvofiqlikni baholash organlarini xalqaro ILAC/IAF tashkilotlari akkreditatsiyasidan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berilishi belgilangandi.