27-oktabr kuni “Startaplar uchun eng ko‘p uchraydigan muammo: Yaxshi IT-mutaxassislarni qanday yollash kerak” mavzusida Startup Advice bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Spiker “OneApp” bosh direktori Sherzod Hoshimov sessiya davomida O‘zbekiston va xorij IT-isteʼdodlarining rekruting dunyosi haqida fikrlari bilan boʻlishadi.

Shuningdek, dunyoning yetakchi kompaniyalarida IT-jamoalarni yollashning ilg‘or tajriba misollarini namoyish etib, kompaniyalar bu muammoni qanday hal qilishlari haqida so‘z yuritiladi.

Uchrashuvda ishtirok etish bepul bo‘lib, u ingliz tilida o‘tkaziladi.

Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

OneApp” — IT-kompaniyalari uchun O‘zbekistondagi yetakchi iqtidorlarni qidirish platformalaridan biri hisoblanadi.

Dunyo boʻylab 1300 dan ortiq kompaniyalar IT-mutaxassislarini yollash uchun mazkur platformadan foydalanadi.