Joriy yil mart oyidan “Yum! Brands” Rossiyadagi oʻzining “KFC” restoranlari faoliyatini va Rossiya bozoriga sarmoya kiritishni toʻxtatgandi.

Endi mazkur kompaniya Rossiyadagi 70 ta “KFC” restorani va brendning asosiy franchayzini mahalliy hamkorga o‘tkazish jarayonini boshladi, deya xabar berdi “Kommersant” nashri.

Qiymati 1,3 mlrd rubl boʻlgan aktivning xaridori oziq-ovqat xizmati kompaniyalar guruhi Ijevsk franchayzeri “Smart Service LTD” bo‘ldi.

Mazkur kompaniyaga esa “Food Service” kompaniyalar guruhi egalari, tadbirkorlar Konstantin Kotov va Andrey Oskolkov egalik qiladi.

“Kommersant"ga koʻra, yangi egasi Rossiyadagi barcha 1000 ta “KFC” nomini bosqichma-bosqich “Rostic” brendiga oʻzgartiradi.

“Rebrendingning uzoq muddatini hisobga olgan holda bitim summasi 1,3 mlrd rublni tashkil qilishi mumkin”, — deydi “Infoline-Analytic” bosh direktori Mixail Burmistrov.


Avvalroq “Spot” “Hyundai Sankt-Peterburgdagi zavodini sotishi mumkin