Avgust oyida “Uzbekistan Airways” kompaniyasini xususiylashtirish jarayoni boshlangandi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun professional konsalting kompaniyasini tanlab olish yuzasidan tanlov e’lon qilgandi.

Tanlov jarayonida 13 ta professional tashkilotlar, jumladan konsorsium shaklidagi takliflar qabul qilinib, ularning moliyaviy taklifi, sohadagi tajribasi, malakasi va belgilangan vazifalarni amalga oshirishi bo‘yicha saralandi.

Agentlikning xabar berishicha, Samarqandda o‘tkazilgan iqtisodiy forum doirasida “Deloitte” kompaniyasi bilan tijorat shartnomasi imzolandi.

Jalb etilgan professional konsalting kompaniyasi bilan birga ushbu aktivning raqobat tamoyillariga asoslangan shaffof va muvaffaqiyatli sotilishi uchun barcha choralarni ko‘radi, deyiladi xabarda.

Deloitte” kompaniyalarga audit, kafolat, soliq, yuridika, konsalting, moliyaviy maslahat va risklar bo‘yicha xizmatlarini taqdim etadi.

Kompaniya 150 dan ziyod mamlakatda ish olib boradi. Mutaxassislari soni 345 mingdan ortiq.