O‘zbekistonning ta’lim va fan sohasi tashkilotlaridan berilgan hujjatlar xorijdagi idoralarda tan olinishi uchun ularga “Apostille” qo‘yilishi kerak.

Hujjatlarga apostil qo‘yish uchun arizalarni Yagona portal orqali onlayn jo‘natish mumkin.

Onlayn xizmat uchun davlat boji BHMning 0,18%i ya’ni 54 ming so‘mni tashkil etadi. Arizalar ikki ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Qanday hujjatlarga apostil qo‘yilmaydi

Chet elda O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan berilgan hujjatlar hamda tijorat yoki bojxona operatsiyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqador bo‘lgan hujjatlarga apostil bosilmaydi.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga hamda harbiy biletga qo‘yilmaydi.

Quyidagi hollarda apostil qo‘yish rad etiladi:

  • rasmiy hujjatda zarur rekvizitlarning hech bo‘lmaganda biri mavjud bo‘lmasa yoki mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhr, shtamplarning haqiqiy emasligi aniqlansa;
  • rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxs uni imzolash vakolatiga ega bo‘lmasa.

Xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin.

Avvalroq, “Spot” Yagona portal orqali avtomobilga taqiq bor-yo‘qligini tekshirish mumkinligi haqida yozgandi.