Yevropaning “Airbus” samolyot ishlab chiqaruvchisi bir necha oy ichida Rossiya titanidan voz kechishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi “RIA Novosti” kompaniyaning mudofaa va kosmik bo‘limi rahbari Maykl Sholxornga tayanib.

“Titan haqida gap ketganda, biz Rossiyadan ajralib chiqish jarayonidamiz. Bu yillar emas, bir necha oy ichida hal bladi”., — dedi Maykl Sholxorn.

Uning qo‘shimcha qilishicha, endi harbiy mahsulotlar uchun titan kerak emas, ammo fuqarolik samolyotlarini ishlab chiqarish uchun bir oz vaqt bor.

“Men sizga aniq sanani ayta olmayman. Bu nisbatan murakkab jarayon boʻlib, sertifikatlashtirish va boshqa shartlarni talab qiladi, lekin bu sodir boʻladi”, — dedi u.

Dunyodagi eng yirik titan ishlab chiqaruvchisi Rossiyaning “VSMPO-Avisma” korporatsiyasi bo’lib, uning sheriklari orasida “Boeing”, “Airbus”, “Embraer”, “Rolls-Royce”, “Safran Aircraft Engines” bor.

“Finam” moliyaviy guruhi tahlilchilarining fikriga ko’ra, u jahon aerokosmik sanoati uchun ushbu metall yetkazib berishning 30%ini tashkil qiladi. Xususan, kompaniya “Airbus” ehtiyojlarining 60%ini ta’minlaydi.

Airbus” yirik yoʻlovchi, aerokosmik va mudofaa samolyotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biridir. 1960-yillarning oxirida Yevropaning bir nechta samolyot ishlab chiqaruvchilarining birlashishi natijasida tashkil etilgan.

Kompaniya yoʻlovchi samolyotlari, “Airbus Defence” and “Space” (mudofaa va aerokosmik mahsulotlar) va “Airbus Helicopters” (vertolyotlar) ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi Airbus SAS boʻlinmalaridan iborat.