Kubandagi “Ta'm yarmarkalari” peshtaxtalarida O‘zbekiston mahsulotlari paydo bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda “RBC” nashri Krasnodar o‘lkasi ma’muriyati matbuot xizmatiga tayanib.

Kuban sarmoya va kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Vasiliy Vorobyovga Kuban va Oʻzbekiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash rivojlanayotganini ta’kidlamoqda.

Xususan, mintaqa sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashni maqsad qilgan.

“Hozir o‘zbekistonlik to‘qimachilik va meva-sabzavot mahsulotlari sotuvchilari “Ta'm yarmarkasi"da ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama qilmoqdamiz”, — deydi Vorobyov.

O‘tgan yili Krasnodar o‘lkasi va O‘zbekiston o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi $100 mln.dan ortiqni tashkil etgan. Shundan eksport $55 mln, import esa $45,2 mlni tashkil etadi.

Avvalroq “RBC” nashri Kuban kompaniyalari O‘zbekistondagi “Innoprom” ko‘rgazmasida 22 mln rubldan ortiq 12 ta shartnoma imzolagani haqida yozgandi.

Kelishuvlarga ko‘ra, korxonalar Rossiya va O‘zbekiston kompaniyalariga qadoqlash, oziq-ovqat, qozon va energetika uskunalari, avtokimyo tovarlari yetkazib beradi.

Prezident to‘qimachilikda keyingi yilda ichki bozorga qo‘shimcha 5 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish hamda eksportni $4,3 mlrd.ga yetkazish topshirigʻini bergandi.