“EastFruit” tahliliga koʻra, O‘zbekistonda issiqxona pomidorining narxi qimmatlashda davom etmoqda.

Soʻnggi haftada qizil dumaloq pomidorning oʻrtacha ulgurji narxi 29%ga va oʻtgan yilga nisbatan deyarli 2 baravar oshgan.

“EastFruit” monitoringiga koʻra, 2023-yilning 17-martidan 24-martigacha Oʻzbekistonda qizil dumaloq issiqxona pomidorining oʻrtacha ulgurji narxi 28 ming soʻmdan 36 ming soʻm/kgga ($2,45dan $3,16ga), bir hafta ichida 28,6%ga oshgan.

eastfruit, narx, pomidor, tahlil

Oxirgi uch oyda ushbu mahsulotlarning jadal o‘sishi hisobga olinsa, joriy yil boshidan 24-martgacha O‘zbekistonda qizil dumaloq pomidorning ulgurji narxlari 2,4 barobarga oshdi.

O‘tgan haftada qizil dumaloq pomidor narxining keskin oshishi natijasida O‘zbekistonda ushbu mahsulotlarning ulgurji narxlari “EastFruit” meva-sabzavotlarni haftalik monitoring qiladigan mamlakatlar orasida eng yuqori bo‘lib chiqdi.

2023-yil 24-mart holatiga, mintaqa mamlakatlarida qizil dumaloq issiqxona pomidorining o‘rtacha ulgurji narxi (1 kg uchun AQSh dollarida): O‘zbekiston — $3,16, Polsha — $2,79, Ukraina — $2,60, Tojikiston — $2,29, Moldova — $1,61, Gruziya — $1,16.

Shuningdek, o‘tgan haftada pushti issiqxona pomidorlari narxi ham ko‘tarildi, ammo o‘sish sur’ati qizil dumaloq issiqxona pomidoriga qaraganda ancha past edi.

2023-yilning 17-martidan 24-martigacha O‘zbekistonda pushti issiqxona pomidorining o‘rtacha ulgurji narxi 33 ming so‘mdan 36 ming so‘m/kgga ($2,89dan $3,16ga), ya’ni. 9,1% ga oshdi.

Oxirgi bir yarim oy davomida ushbu mahsulotlar narxlarining barqaror oshib borishini hisobga olib, 2023-yil 10-fevraldan 24-martgacha O‘zbekistonda pushti issiqxona pomidorining o‘rtacha ulgurji narxi 1,8 barobarga qimmatlagan.

eastfruit, narx, pomidor, tahlil

“EastFruit” 2023-yil mart oyi o‘rtalarida O‘zbekistonda pomidor narxining tez ko‘tarilishining asosiy sababi yanvar oyidagi g‘ayritabiiy sovuq paytida issiqxonalarda hosilning katta yo‘qotilishi ekanligini yozgandi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekiston kartoshka importini keskin ko‘paytirishi mumkinligi haqida yozgandi.

“EastFruit” tahlilchilari Oʻzbekistonda joriy yilning yanvar oyida kuzatilgan gʻayritabiiy sovuq ob-havoning ogʻir oqibatlari kartoshka ekish muddatining sezilarli kechikishiga olib kelgani haqida ma’lum qilgandi.

Shuningdek, anomal sovuq sababli piyoz zahiralarining bir qismi zararlangani, erta piyozni yig‘ishda kutilayotgan kechikish va oq karam hosilini deyarli butunlay yaroqsiz holga kelgani haqida ham xabar berilgandi.