Britaniya Kengashi (British Council) STEM sohasidagi xotin-qizlar uchun stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Dastur STEM sohasida tajribaga ega, moliyaviy yordamga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan. Unda o‘zbekistonlik nomzodlar ham magistratura darajasi uchun ishtirok etishi mumkin.

Boshqa davlatlar, xususan, akademik tadqiqot stipendiyalariga ariza topshirish haqida ma’lumot olish uchun “Ayollar STEM sohasida” stipendiya dasturining global sahifasiga tashrif buyurish mumkin.

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • moliyaviy yordamga muhtoj;
  • bakalavriat darajasiga ega bo‘lish;
  • ingliz tilini bilish;
  • ish tajribasi yoki o‘z faniga bo‘lgan isbotlangan qiziqishga ega va bu sohada faol bo‘lish.

Shuningdek, o‘zining ta’lim dasturiga nisbatan ishtiyoqqa ega va Britaniya Kengashi stipendiyasi bitiruvchisi sifatida muayyan jarayonlarda ishtirok etishga tayyor bo‘lishiga ham qaraladi.

Qabul qilinganlar o‘qish to‘lovidan ozod etilib, oylik stipendiya bilan ta’minlanadi hamda safar xarajatlari, viza va tibbiy sug‘urta badallari qoplab beriladi.

Shu bilan birga, onalar uchun maxsus yordam ega bo‘lishadi, ingliz tilidan esa IELTS imtihoni xarajatlari qoplab beriladi (bunda faqat qabul qilingan talabalar uchun).

Ariza topshirish jarayoni

Arizalar bevosita ishtirokchi universitetlarga topshirilishi lozim. Nomzodlar bittadan ortiq ariza jo‘natishlari mumkin, lekin arizani o‘zi tanlagan ta’lim muassasasi orqali topshirishi kerak.

Magistratura bosqichi stipendiyalari uchun ariza topshirishning oxirgi muddati OTMga qarab farq qilishi mumkin.

Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun ariza topshirish muddatlarini tanlangan oliy ta’lim muassasasidan tekshirib olish zarur.

O‘zbekistonlik magistratura nomzodlari quyidagi universitetlarga hujjat topshirish imkoniyatiga ega:

Mazkur universitetlar taklif etayotgan yo‘nalishlar haqida bu yerdan bilib olish mumkin.

Stipendiya dasturi bo‘yicha savollarga UK.Scholarships@britishcouncil.org email manzili orqali Britaniya Kengashidan javob olish mumkin.

Stipdendiya haqida ko‘p so‘raladigan savollarga javobblarni bu yerdan olish mumkin. Muvofiqlik talablari bu yerda keltirilgan.

Dasturga arizalarni joriy yilning 22-mayigacha jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq AQShning Mayami universiteti bakalavr uchun grant dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.