AQShning Mayami universiteti “Stamps” grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unga barcha mamlakatlardan bakalavriatura uchun maktab, litsey yoki kollejni joriy yilda tamomlovchi nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin.

Buning uchun nomzodlar “Common Application” dasturi orqali ariza topshirishlari kerak. Ariza jo‘natishda to‘lov mavjud — $70.

Shuningdek, ariza to‘ldirish jarayonida barcha so‘ralgan joyga bir xil elektron pochta kiritish talab etiladi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni jo‘natishlari kerak:

  • maktab attestati yoki kollej-litsey diplomi;
  • esse (250 so‘zdan iborat);
  • ACT yoki SAT sertifikati;
  • til sertifikati (TOEFL — 80, IELTS — 6.5);
  • tavsiyanoma.

Shuningdek, onlayn ariza topshirish jarayonida maktab hisoboti so‘raladi va uni o‘quv joyidagi mas’ul xodim yoki o‘qituvchi to‘ldirishi kerak.

Qabul qilingan talabalarga quyidagi xarajatlar uchun $12 000 miqdordagi mablag‘ ajratiladi:

  • o‘qish to‘lovi;
  • bepul turar joy;
  • bepul ovqatlanish;
  • tibbiy sug‘urta qilinadi;
  • darslik va noutbuk olish uchun mablag‘;
  • tadqiqot o‘tkazish, xorijiy almashinuv va amaliyot dasturlarida qatnashish uchun.

Qo‘shimcha ravishda, “Stamps” granti sovrindorlari talabalar shaharchasi va milliy hamjamiyat a’zosi bo‘lish, akademik va ilmiy tadqiqot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, madaniy va yetakchilik dasturlari, chet elda tahsil olish, anjumanlar va boshqa hududiy konferensiyalar, onlayn tadbirlarda ishtirok etish va fikr almashish imkoniyatlarini qo‘lga kiritishadi.

Nomzodlar joriy yilning 1-noyabrigacha havola orqali Mayami universitetiga hujjat topshirishlari kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq Italiyaning Piza universiteti UNIPI grant dasturiga ariza qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.