Finlyandiyaning “Fortum” energetika kompaniyasi Rossiyadagi aktivlarini sotish imkoniyatini istisno etmaydi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” nashri kompaniya bosh direktori Markus Rauramoga tayanib.

“Birinchidan, biz Rossiya hukumati qilgan ishlarga keskin eʼtiroz bildiramiz. Buning uchun hech qanday sabab koʻrmayapmiz. Biz aktivlarni sotishimiz mumkinmi? Nazariy jihatdan mumkin, lekin Rossiya aktivlari boshqaruvidagi oʻzgarishlar bu jarayonni murakkablashtiradi”, dedi u tahlilchilar va investorlar bilan telekonferensiya vaqtida.

Avvalroq kompaniya, Federal mulkni boshqarish agentligi nazorati ostiga olingan Rossiyadagi 1,7 mlrd yevrolik aktivlarini hisobdan chiqarishi va mamlakatdagi segmentini dekonsolidatsiyalashini ma’lum qilgandi.

“Fortum” Rossiya prezidenti Vladimir Putinning mamlakatning xorijdagi aktivlarini musodara qilish va mulk huquqini cheklashga javob berish tgʻrisidagi farmoni ostida qolgan ikkita xorijiy kompaniyalardan biri bldi.

Farmon Federal mulkni boshqarish agentligining vaqtinchalik boshqaruviga tkaziladigan xorijiy aktivlar ryxatini tasdiqlaydi.

Unga bilvosita Germaniya hukumatiga tegishli blgan “Unipro” aksiyalarining 83,73%i va Finlyandiyaning “Fortum” konserniga tegishli “Fortum"ning 98,23%i kiritilgan.


Avvalroq “Spot” “IKEA” Rossiyadagi uchta zavodini mahalliy ishlab chiqaruvchilarga sotishi haqida yozgandi.

Hukumat komissiyasi kompaniyaning mamlakatdagi zavodlarini sotish bo‘yicha kelishuvni ma’qullagan.