Hindistonning “Siroya Jewellers” zargarlik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

Bu boʻyicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Sarvar Xamidov Butun Hindiston Milliy qimmatbaho toshlar kengashi va “Siroya Jewellers” kompaniyasi rahbari Rajesh Jayn bilan uchrashuvda ma’lum qilingan.

Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri “Siroya Jewellers” va oʻzbek ishlab chiqaruvchilari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻldi.

Rajesh Jayn O‘zbekistondagi qo‘shma zargarlik korxonasiga sarmoya kiritish niyati borligini ma’lum qildi.

Shuningdek, Hindiston kompaniyasi mahsulotlarini O‘zbekistondagi chakana savdo do‘konlariga yetkazib berish va sotishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda zargarlik sanoatini rag‘batlantirish chora-tadbirlari haqida yozgandi.

Unga ko‘ra, mamlakatdan $10 minggacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini eksport qilishga ruxsat beriladi.