Bankning ustav kapitali va uning yetarliligi — tijorat bankining barqarorligi va ishonchliligining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. U tijorat bankining aktiv operatsiyalarini o‘stirishga xizmat qiladi, hamda moliyaviy va bozor tavakkalchiliklariga javob berishga va shu orqali tijorat banki omonatchilari hamda kreditorlari manfaatlarini himoya qilishga imkoniyat beruvchi xavfsizlik yostig‘i funksiyasini bajaradi.

Apex Bank AJ aksiyadorlari butun mas’uliyat bilan bank kapitallashuviga qo‘yiladigan talablarga rioya qilish muhimligini tushunadilar hamda “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 13-moddasiga muvofiq barcha talablarni o‘z vaqtida bajarishga tayyorlar. Bankni qo‘shimcha kapitallashtirish bo‘yicha barcha tegishli qarorlar yaqin vaqt ichida qabul qilinadi va bu haqda qonunchilikda belgilangan tartibda xabar qilinadi.

Ustav kapitalining oshishi, o‘z navbatida, bank barqarorligini mustahkamlaydi hamda uning bo‘lajak omonatchilari va kreditorlarining bankga bo‘lgan ishonchini oshirishga, shuningdek tadbirkorlik subyektlari va aholiga ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar hajmi va turlarini kengaytirishga keng imkoniyatlar yaratadi.

Reklama huquqlari asosida.