22-iyun kuni soat 12:00 da (Toshkent vaqti bilan) “Mobile Web Automation — Doing Things the Right Way” mavzusida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir spikeri “EPAM” kompaniyasining dasturiy ta’minot testlarini avtomatlashtirish bo‘yicha yetakchi muhandisi Sergey Dubovik bo‘ladi.

U mobil veb-avtomatlashtirish sohasida katta tajribaga ega va mitapda o‘z bilimlari va amaliy ko‘nikmalari bilan boʻlishadi.

Uchrashuv mobil veb-avtomatlashtirish mavzusiga va ushbu jarayonga to‘g‘ri yondashishga bagʻishlanadi.

Ishtirokchilar mobil veb-avtomatlashtirish boʻyicha ilg‘or amaliyotlar haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘ladilar hamda hamkasblar bilan muloqot qilish, tajriba almashish va soha mutaxassislariga savollar berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Uchrashuvda qatnashish IT bilan shugʻullanadigan muhandislar va mutaxassislar uchun foydali boʻladi, chunki bu ularga hamfikrlar bilan muloqot qilish, sifatni ta’minlashning so‘nggi tendensiyalar va yutuqlaridan xabardor bo‘lish hamda dasturiy ta’minot va IT yechimlarining umumiy sifatini yaxshilash uchun hamkorlik qilish imkonini beradi.

Uchrashuvda ishtirok etish bepul boʻlib, 21-iyungacha havola orqali roʻyxatdan oʻtish kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Spot” ijodiy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash onlayn ta’lim dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Unda ishtirok etish uchun arizalarni 22-iyungacha jo‘natish mumkin. Kurs ijodiy soha mutaxassislari hamda davlat va ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan.