Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi akademiyasi bino va inshootlari qayta auksionga chiqarildi. Bu haqda E-auksion ma’lumotlarida keltirilgan.

Mazkur bino 2023-yilning 23-yanvarida 171,5 mlrd soʻm bilan sotuvga qo‘yilgandi.

Umumiy maydoni 9 560 kv.m bo‘lgan binoda suv, elektr, gaz va kanalizatsiya mavjud.

Qayta sotuvga qo‘yilgan lotning boshlangʻich narxi 171,4 mlrd soʻm, zakalat puli esa 1,7 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Auksion 3-iyul kuni 10:00 da o‘tkaziladi hamda arizalar shu kuni soat 9:00 ga qadar qabul qilinadi.