“Yoz mavsumida energiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, hududlarda energiya ta’minotini yaxshilash, yoz mavsumida energiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, aholiga sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish maqsad qilingan.

Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari"ga elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash uchun 150 mlrd so‘m budjet ssudasi ajratiladi.

Mablag‘lar Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan yo‘naltirilib, 2 yil muddatga yillik 5% stavkada beriladi.


Avvalroq o‘tgan iyun oyida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo‘yicha davlatga 6,1 mlrd so‘mlik zarar keltirilgani haqida xabar berilgandi.