24-iyul kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Bu sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshirilayotgani qayd etilgan.

Xususan, quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

  • Yunusobod tumani: “Yunusobod” hamda “Akbarobod” MFYlarning ayrim ko‘chalarida soat 10:30 dan 15:00 gacha;
  • Yakkasaroy tumani: “A.Qahhor” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha.

Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ramoqda.

Avvalroq “Hududiy elektr tarmoqlari” ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirgandi.