6-sentabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, tumandagi “Qozirobod” MFYning ayrim ko‘chalaridagi iste’molchilarga soat 09:00dan 17:00gacha elektr energiyasi yetkazib berilmaydi.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Joriy yilning yoz mavsumidan buyon poytaxt elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq joriy yilning 8 oyida 390 mlrd so‘mga teng gaz va elektr energiyasi talon-toroj qilingani ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, 200ta holatda AYoQShlardagi 5,2 mln litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlangan.