Wildberries & Russ qo‘shma kompaniyasi Samarqandda WB Taxi xizmati ishga tushirilganini e’lon qildi. Bu haqda Spot’ga kompaniyalar guruhi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu WB Taxi yo‘lovchi tashish agregatori faoliyat boshlagan O‘zbekistondagi ikkinchi shahardir. Foydalanuvchilar App Store va Google Play’da mavjud ilova orqali butun viloyat markazi bo‘ylab qatnovlarga buyurtma berishlari mumkin.

Yo‘lovchilarga ilovada biriktirilgan kartadan sayohatlar uchun to‘lov amalga oshirilganda “tarvuzlar"da 50% keshbek — xizmatning bonus ballari hisoblanadigan sodiqlik dasturi mavjud. Ular yordamida kelajakdagi sayohatlar narxining 99% gacha to‘lash mumkin.

Yangi foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tishda xush kelibsiz bonusi sifatida 20 ming “tarvuz” oladilar. Bir “tarvuz” 1 so‘mga teng.

“WB Taxi haydovchilari uchun shaffof hamkorlik shartlari, hamkor uchun pasaytirilgan agregator komissiyasi, sayohat rejasini bajarishda tez kafolatlangan to‘lovlarni olish imkoniyati mavjud. Shuningdek, hamkorlar xizmat ko‘rsatish jamoasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi”, — dedi O‘zbekistondagi agregator rahbari Timur Aliyev.

2025-yil dekabr oyida Wildberries taksi xizmati Toshkentda cheklangan doiradagi foydalanuvchilar uchun taklif havolasi yoki kutish ro‘yxati orqali kirish imkoniyati bilan ish boshladi. 23-mart kuni ilova barcha xohlovchilar uchun ochiq bo‘ldi.


Avvalroq Spot O‘zbekistonda WB Taxi’ni Yandex Go top-menejeri boshqarishi haqida yozgandi.

Bunga qadar Timur Aliyev Yandex Go‘ning mahalliy bo‘linmasiga rahbarlik qilgan va 7 ta shaharda taksilarni ishga tushirishga mas’ul bo‘lgan.