“IMPACT.T” markazida “Million dollarlik xatolar 2.0: tadbirkorlarning asosiy xatolari” mavzusida uchrashuv o‘tkaziladi. Bu haqda kompaniya vakillari “Spot"ga ma’lum qildi.

Uchrashuv Moskvaning “12” kitob biznes klubi doirasida bo‘lib o‘tkaziladi. Unda ishtirok etish — bepul.

Tadbir spikeri — 16 yillik tajribaga ega tadbirkor (“Trinova”, “Florista”, “Aventuriko”, “Novatika” asoschilaridan biri), venchur investor va “Million dollarlik xatolar” kitobi muallifi Pavel Annenkov.

Ma’ruzachi ishtirokchilar bilan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yo‘l qo‘yiladigan asosiy xatolarni ko‘rib chiqadi.

Xususan, Annenkov tinglovchilar bilan quyidagi mavzularni muhokama qiladi:

  • biznes hamkorlik qurish;
  • loyihaga investitsiyalarni jalb qilishning asosiy tamoyillari;
  • kompaniya uchun bozorni tanlashda qanday xato qilmaslik kerak.

Uchrashuv 20-oktabr kuni osat 09:30da boshlanib, 11:30gacha davom etadi. Manzil — Toshkent shahri, Bog‘ibo‘ston ko‘chasi, 186-uy.

Dastur haqida batafsil ma’lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun havola.


Avvalroq Toshkentda “AWS GameDay” jamoaviy keys chempionati bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi.