“AWS GameDay” doirasida Toshkentda ishlarning jamoaviy tahlili bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “AWS User Group Tashkent” matbuot xizmati.

Tadbirda ishtirokchilar Amazon EC2, AWS Fargate, AWS Lambda va Amazon DynamoDB kabi xizmatlarning ishlashi bilan tanishadilar.

O‘yinga asoslangan ta’lim modelidan foydalanib, tashkilotchilar “Amazon” veb-xizmatlaridan foydalanishning turli usullari haqida gaplashadilar.

Shuningdek, “AWS GameDay” doirasida ishtirokchilar o‘zlarining texnik direktori uchun mikroservislar to‘plamini ishga tushiradigan Unicorn Rentals xodimlari rolini o‘ynaydilar.

Shuningdek, ular xizmatlardan foydalanish va xavfsizlik masalalariga javob berish orqali ball oladi.

Ma’ruzachilar AWS yechimlari bo‘yicha katta me’morlar Egor Miasnikov va Igor Sharfmesser, shuningdek, AWS hisob menejeri Almas Moldakanov bo‘ladi.

Keys chempionati 28-oktabr kuni C-Space Yunusobodda soat 11:00da boshlanadi.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 28-oktabrgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Jamoani ro‘yxatdan o‘tkazishda har bir ishtirokchi alohida ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Bundan tashqari, bitta jamoadagi ishtirokchilar soni besh kishidan oshmasligi kerak.


Avvalroq “Spot” 24-oktabr kuni “IT Park” Toshkent filialida dasturchilar uchun amaliy mahorat darsi bo‘lib o‘tishi haqida yozgandi.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 24-oktabrgacha ro‘yxatdan o‘tish kerak.