Jahon banki va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Dushanbedagi Dasturlar byurosi 2023-yilning 18−22-dekabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadigan “Central Asia Youth Talks” arizalar qabuli boshlangani e’lon qildi.

Central Asia Youth Talks — bu 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan 25 nafar yoshlarni birlashtiradigan almashinuv va ta’lim tadbiri.

Tadbir yosh faollar uchun o‘z qarashlari, g‘oyalari va yutuqlari bilan o‘rtoqlashish hamda o‘z jamoalarida o‘zaro ta’lim va rivojlanishga ko‘maklashish uchun mintaqaviy muhokama maydoni bo‘lib xizmat qiladi.

Ishtirokchilar Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, suv-energetika aloqasi, inson kapitali va kelajak ish o‘rinlarini yaratish, rivojlanish ishlariga genderni integratsiya qilish, shuningdek, yoshlar muloqotini kuchaytirish, mintaqaning kelajakdagi rivojlanishi uchun tarmoq platformalarini ishlab chiqish va boshqalar kabi mintaqaviy ahamiyatga molik mavzularni muhokama qiladilar.

Tadbirning ishchi tili ingliz tili bo‘lib, nomzodlar uchun arizalar qabuli 2023-yil 19-noyabrgacha havola orqali davom etadi.

Turar joy, ovqatlanish va transport xarajatlari tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

Qo‘shimcha ma’lumot: +992 98 5170145 raqami orqali yoki POID-Election@osce.org elektron pochta manzili.


Avvalroq “Spot” Shveysariya maktabi tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Unda o‘zbekistonliklar ham ishtirok etishi mumkin. Uch oylik amaliyot davomida ishtirokchilarga $1800 miqdorida oylik stipendiya beriladi.