O‘zbekistonda apelsin, mandarin hamda limon narxi keskin tushib ketdi. Bu haqda “EastFruit” tahlillarida keltirilgan.

Ungga ko‘ra, joriy yilning 10-noyabridan 17-noyabriga qadar O‘zbekistonda apelsinning o‘rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 23 ming so‘mdan 16 ming so‘m ($1,87dan $1,30ga) pasaygan. Mazkur mahsulotning joriy ulgurji narxlari o‘tgan yil va 2021-yilning shu sanasidan 20%ga past.

Oldingi haftada mandarin narxi ham arzonlashdi, 2023-yilning 10-noyabridan 17-noyabrigacha ushbu mevaning o‘rtacha ulgurji narxi 20 ming so‘mdan 17 ming so‘m ($1,63dan $1,39) gacha pasaydi. Ya’ni, bir hafta ichida 15%ga arzonlashgan.

O‘zbekistonda mandarin narxi ketma-ket to‘rtinchi hafta pasayib borayotgani hisobga olinsa, joriy yilning 20-oktabridan 17-noyabrigacha o‘rtacha ulgurji narx 29 ming so‘mdan 17 ming so‘m, ($2,37dan $1,39ga) ya’ni o‘tgan oyda 41%ga pasaygan.

Shu bilan birga, mandarinlarning joriy ulgurji narxlari o‘tgan yilning shu sanasida qayd etilgan narxlar darajasida va 2021-yilning mos sanasiga nisbatan 31%ga yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan.

Oxirgi ikki hafta ichida mahalliy yetishtirilgan limon narxi ham keskin tushib ketdi, shu davrda poytaxt bozorlarida chakana narxlar o‘rtacha 1,5 barobarga arzonlashdi.

O‘z navbatida, bu ichki bozorda mahalliy limon yetkazib berishning bosqichma-bosqich o‘sishi bilan bog‘liq, chunki mamlakat issiqxona xo‘jaliklarida ushbu mahsulotlarni yig‘ib olish faol bosqichga o‘tmoqda.

2023-yilning 17-noyabr holatiga, O‘zbekistonda yetishtirilgan limonning poytaxt bozorlarida o‘rtacha chakana narxi 1 kgsi uchun 25 ming so‘m ($2,04) atrofida shakllangan.

Avvalroq MHTI mutaxassislari Toshkent supermarketlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxini o‘rganib, ayrim mahsulotlarning arzonlaganini aniqlagandi.