AQSh Davlat departamenti Ta’lim va madaniyat masalalari byurosining Yevrosiyo va Markaziy Osiyodagi Talabalar almashish bo‘yicha global dasturi (Global UGRAD) ga arizalar qabul qilinmoqda.

Unda o‘zbekistonlik 1-, 2-, 3-bosqich talabalari ham ishtirok etishi mumkin. Dastur talabalar uchun Qo‘shma Shtatlarda bir semestrlik to‘liq, hech qanday ilmiy daraja berilmaydigan o‘qish imkoniyatini taqdim etadi.

Qabul qilingan talabalar universitet va kollejlarda o‘qiydi va kampus yotoqxonalarida yashaydi. Ular AQShda qaysi universitet yoki kollej, jamoat kollejida o‘qishni tanlay olishmaydi.

Global UGRADga hisob-kitob, qishloq xo‘jaligi, biologiya, biznes, kimyo, informatika, sudlov ishlarini yurgizish, iqtisodiyot, ta’lim, mashinasozlik, atrof muhit muhofazasi, geologiya, mehmonxonalar menejmenti, xalqaro munosabatlar, jurnalistika, huquqshunoslik, ommaviy kommunikatsiyalar, fizika, siyosatshunoslik, psixologiya, sotsiologiya, shaharsozlik, AQSh tadqiqotlari kabi sohalarda o‘qiyotgan talabalar ariza jo‘natishlari mumkin. Shu bilan birga, yuqorida keltirilmagan boshqa sohalar ham ko‘rib chiqiladi.

Nomzodlar irqi, rangi, dini, milliy kelib chiqishi yoki jinsidan qat’i nazar, ko‘rib chiqiladi. Imkoniyati cheklangan kishilarga ariza berish qat’iy tavsiya etiladi.

Tanlov erishilgan natijalarga asoslanib, quyidagi talablar mavjud:

  • O‘zbekiston fuqarosi, jismoniy shaxs yoki doimiy rezident;
  • ariza berish vaqtida O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtining 1, 2, 3-bosqichida o‘qiyotgan talaba bo‘lishi;
  • dasturdan so‘ng kamida bir to‘liq muddat o‘z mamlakatidagi ta’lim olayotgan muassasasida bo‘lishi.
  • 18−24 yoshda bo‘lganlar;
  • AQShning J-1 vizasiga muvofiqlik;
  • dasturni tugatgandan so‘ng o‘z vataniga qaytish;
  • og‘zaki va yozma ingliz tilini bilish.
  • o‘quv faoliyati, jamoatchilik ishtiroki va yetakchilik salohiyatiga ega bo‘lish.

Hujjat topshirish jarayonida to‘liq arizaning asl nusxasini va ariza berish muddati tugaguncha barcha talab qilingan hujjatlarning ikkitadan nusxasini topshirish talab qilinadi.

Arizalar ingliz tilida bo‘lishi va muddatidan oldin AQSh elchixonasining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limiga qaytarilishi shart.

Nomzodlar arizaning aslini va qo‘shimcha formani, ikkita to‘liq nusxa — jami uchta hujjatni topshirishi lozim. Kech topshirilgan yoki to‘liq to‘ldirilmagan arizalar qabul qilinmaydi.

Qabul jarayonida baholarning ingliz tilidagi tarjimasi, akadem va qo‘shimcha tavsiyanoma, o‘qish joyi haqida ma’lumotnoma, shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda 2ta insho jo‘natilishi kerak.

Finalchilar va muqobil nomzodlar ko‘rib chiqilishi uchun TOEFL iBT topshirishlari kerak bo‘ladi. Imtihon xarajatlari dastur tomonidan qoplab beriladi.

Tavsiyanoma shakllari:

Qabul qilingan talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:

  • bir semestr davomida o‘qish to‘lovlaridan ozod etiladi;
  • AQShga borish va qaytish xarajatlari qoplab beriladi;
  • universitet yotoqxonasidan bepul turar joy;
  • tibbiy sug‘urta;
  • zarur adabiyotlar;
  • oylik stipendiya.

Hozirda 2024-yilning avgustida (kuzgi semestr) yoki 2025-yilning yanvarida (bahor semestrida) boshlanadigan dasturga arizalar qabul qilinmoqda.

Dastur bo‘yicha savollarni AQSh elchixonasining Tashkent-Exshanges@state.gov elektron pochta manziliga yo‘llash mumkin. Bunda pochta xabarlari mavzusiga “Global UGRAD” deb yozish lozim.

Arizalarni joriy yilning 15-dekabrigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Eng ko‘p so‘raladigan savollar bo‘yicha havola.


Avvalroq Polshaning Vistula universiteti “Merit” grant dasturiga (Vistula University Merit Scholarship) arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.